logotip
KirishA'zo bo'lish
Yangilik tasmasi

"Real" Xamesni sotishni rejalashtirmoqda. Uning transfer narxi ham aniq


14 MART, 23:10 / Тимурбек / 1077


. Yuklab olish



“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoaning bazi futbolchilarini sotib yuborib, ularning o'rniga yangi futbolchilarni olib kelmoqchi.

El Confidencial’ning xabar berishicha, “Real” birinchi navbatda Xames Rodrigesni transferga qo'ymoqchi. Kolumbiyalik futbolchi 2017 yildan boshlab myunxenning “Bavariya” klubida  ijara asosida harakat qilib kelayotgandi. “Qizillar” yarim himoyachining ijarasi uchun “blankos”lar hisobiga har yili 6,5 mln. evrodan o'tkazib bergan. Agar myunxenliklar Xamesni sotib olishni istasa, unda “Real” hisobiga yana 42 mln. o'tkazib berishi kerak bo'ladi.

Manbaning malum qilishicha, Xames Rodrigesning boshlang'ich transfer summasi 60 mln. evroni tashkil qiladi. “Bavariya” joriy yilning yozida 27 yoshli xavbekni kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi.

Manba : El Confidencial

Fikrlar