logotip
KirishA'zo bo'lish
Yangilik tasmasi

Ramos uylanmoqda: u kamchiqim to'y qilmoqchi


13 MART, 19:00 / Gyundogan_08 / 1590


"Real" himoyachisi Serxio Ramos va uning sevgilisi Pilar Rubio nikoh to'ylarini o'tkazishmoqchi.

"AS" nashriga ko'ra, to'y 15 iyunda Sevilyada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Marosim mahalliy cherkovda, tantanalar esa futbolchining fermasida bo'lib o'tadi.

Xabarlarga ko'ra, to'y juda oddiy o'tadi. Ramos va Rubio 2012 yildan beri birga yashab kelishmoqda. Jurnalist qiz futbolchidan 8 yoshga katta. Juftlikning uch nafar o'g'li bor.

Fikrlar