logotip
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Simone: "Biz VAR sababli mag'lub bo'ldik, deb o'ylamayman"
QO'SHDI: REALFANS

10 FEV, 18:54 / KO'RILDI: 254

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simone “Real”ga qarshi o'yindan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz mag'lubiyatga uchradik, sababi raqibimiz ishonchli o'yin ko'rsatdi. Odatda men VAR tizimi haqida gapirmayman.

O'ylaymanki, ushbu tizim barcha jamoalarning foydasiga ishlaydi. Penalti belgilangan vaziyatda takroriy lavhani ko'rmadim. Umid qilamanki, hakamlar to'g'ri qarorni qabul qilishdi.

Biz VAR tizimi sababli “Real”ga mag'lub bo'ldik, deb o'ylamayman. Raqibimiz juda ham ishonchli o'yin ko'rsatdi. Biz ularni ushbu g'alaba bilan tabriklab keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

.. Yuklab olish


Fikrlar