logotip
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Serxio Ramos: «Real» chempionlik uchun kurashni davom ettiradi»
QO'SHDI: REALFANS

10 FEV, 09:47 / KO'RILDI: 255

“Real” sardori Serxio Ramos “Atletiko” (3:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin La Ligada chempionlik poygasida jamoasi “Barselona”ga etib olishga kuchi etishini aytib o'tdi.
“CHempionlik uchun kurash davom etadi. Hali oldinda ko'plab ochkolar uchun bahslar bor. Har qanday klub keraksiz joyda ochko yo'qotishi mumkin. Biz birinchi davrada bunga guvoh bo'ldik.
Bizda ozgina bo'lsada imkon bor ekan, chempionlik uchun kurashishga, “Barselona”ga qiyinchlik tug'dirishga harakat qilib ko'ramiz. Lekin ular bizdan yaxshigina farq bilan oldinga o'tib ketishganini ham aytib o'tish joiz.
“Real” “Atletiko”ga qarshi juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Nafaqat hujumda, himoyada ham raqibga deyarli imkon bermadik. O'ylashimcha, bu bahsdagi natija adolatli bo'ldi”, deydi Ramos.

.. Yuklab olish


Fikrlar