logotip
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Beyl "Real" safidagi yubiley golini kiritdi.
QO'SHDI: REALFANS

9 FEV, 23:55 / KO'RILDI: 190

"Real" hujumchisi Garet Beyl Ispaniya La Ligasi 23-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi bahsda (3:1) raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.

Bu uelslik futbolchining "qirollik klubi" safida kiritgan 100-goli bo‘ldi. Bugungi g‘alaba natijasida Santyago Solari shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 45 taga etdi va jamoa turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, Beyl 2013 yilning yozida "Tottenxem Xotspur" safidan 101 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

.. Yuklab olish


Fikrlar