logotip
KirishA'zo bo'lish
Yangilik tasmasi

Sobiq «Real» darvozaboni APLga ko'chib o'tishi mumkin


17 DEKABR, 20:40 / #HALAMADRIDUZ / 679


. Yuklab olish


Sobiq “Real” darvozaboni ayni damda “Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatining yangi davrini boshlashga tayyor.

Oktyabr oyidan buyon maydonga tushmayotgan 36 yoshli futbolchi ko‘pdan buyon orzu qilgan Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik posbon agentidan qishki transferlar davrida o‘ziga tumanli albiondan yangi jamoa topishni so‘ragan.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda bu borada bir qator ingliz jamoalari bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Aytish lozimki, ular orasida “Vest Bromvich” klubi Kasilyasga jiddiyroq qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kasilyas AQSh chempionatiga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar