Messi Ronaldu haqida gapirdi
Futbol latifalari
xD Messi Mirjalol Qosimovdan surabti;-Sizlar hujumda yaxshi uynislarmi yo ximoyadami?- desa -Biz, tuylarda yaxshi uynimiz dermish...
CR7Bek
xD Futbol matchi. VIP o`rindiqlarda 10yoshli bola o`tiribdi. Tomoshabinlardan biri: -Bolakay bunday qimmat biletga pulni qayerdan olding? -Dadam olib berdilar. -Dadangning o`zi qani? -Uyda biletni qidiryaptilar.
CR7Bek
xD Bir ayol farzand tug`ishda chaqaloqni yuqori tezlikda tug`armush! Doktorlar bolani ushlab qololmay bola mayib bo`lib qolarkan. Shunda chora topilibti. Futbol darbozabonini olib kelishibdi. Bola "PAQ" etib uchib chiqibdi. Chaqaloqni ushlab qolgan darvozabonni doktorlar olqishlashdi. Darvozabon kasbiga sodiq qolib "ochilila" deb bolani maydonga tepib yuboribdi.
CR7Bek
xD Ashaddiy futbol muhlisi bo`lmish Abduraim tog`adan jurnalist intervyu olmoqda:
— Abduraim tog`a, futbol terma jamoamiz haqida nimalar deya olasiz?
— So`kinib gapirsam bo`laveradimi?
— Yo`g`-a, axir bizni millionlab odamlar tamosha qilishadi-yu!
— Unaqada, hech narsa deyolmayman.
CR7Bek
xD Shifoxonaga og`ir ahvoldagi uch futbolchini olib kelishibdi. Shifokor ularni olib kelgan odamlardan qanday sabab bilan shu ahvolga tushib qolishganini so`rash uchun qo`liga qalam bilan qog`oz olib, dastlab birinchi futbolchining oldiga yaqinlashdi. Qarasa, birinchi bemor futbolchi tirjayib qotib yotganmish.
— Bu nimaga tirjayib qotib qolgan?
— Eh, so`ramang, ko`rmaganni ko`rgani qursin, bu futbolchi 20 yildan buyon hujumda o`ynagan, umrida birinchi bor gol kiritdi. Shunga xursandchilikdan shu shaklda qotib qoldi.
Shifokor ikkinchi bemorning oldiga yaqinlashdi. Uyam tirjayib qotib yotganmish.
— Xo`sh, bu nimaga tirjayib yotibdi?
— Bu himoyachi faoliyati davomida har bir o`yinda qizil kartochka olib, maydondan haydalgan. Lekin bugun hakam unga hech qanday kartochka ko`rsatmadi. Shunga quvonchdan.
Do`xtir tushunarli deganday bosh irg`ab, navbatdagi bemorning oldiga yaqinlashdi:
— Bu nimaga qotib qolgan unda?
— Tog`li hududda mashg`ulot olib borayotgandik, momaqaldiroq bo`layotgandi. Uzoqroqqa ketgan to`pni olib kelishga ketganda uni yashin urdi.
— Iya, unda nimaga tirjayib turibdi?
— U suratga olishyapti, deb o`ylagan.
CR7Bek
xD Ikki futbol muhlisi restoranga kirib, ichishib, mast bo`lib qolibdi-da, tortishib ketishibdi. Birinchisi o`rnidan turib debdi:
— Messi dunyodagi eng kuchli futbolchi. Eng tezkor texnikali. Bir o`zi hammani aldab o`tadi.
Ikkinchisi o`ylanib o`tirib:
— Ronalduga o`xshaydi deb qo`yaqol, - dermish.
CR7Bek
xD Krishtiano Ronaldo Paxtakor futbol klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolabdi. Jurnalistlar intervyu undan olyapdi:
— Siz Paxtakorga qanday kelib qoldingiz?
— Tasodifan. Toshkentga borganimda muxlislarga dastxat bergandim. Shularni ichida bitta muxlis 5 yillik shartnomani uzatsa, bilmasdan qo`l qo`yib beribman.
— Sir bo`lmasa, qancha maosh va’da qilishdi?
— Maoshim haftasiga 100 ming so`m. U ham bo`lsa 100 foiz plastik kartochkaga tusharmish...!
CR7Bek
xD Yangi yilda bir necha futbolchilar o'z fikrlari bn o'rtoqlashishdi:
-Suares:Baribir men uchun odam go'shti shirin,
-Messi:Bu yilgi oltin to'pniyam menga berishadi (gaplashib qo'yganmanu),
-Ronaldo: oyog'im chalmashib yiqilsam muxlislar yangi fint ishlatyabdi deyishadi,
-Riberi: Man eng kuchliman shunday demasam anu ikkovidan oltin to'p ortmayabdi axir,
-Pele: Messi bugunga kelib xar taraflama kuchli, menimcha u meni o'g'lim bo'lsa kerak,
-Zidan: Maydonda so'kinma aks xolda lazerniy pretsepni ishga solaman,
-Robben: Uchar golland bo'lsam xam sochim to'zimaydi,
-Mourino: Jamoani eplolmadingmi sekin yana Chelsiga sur,
-Shoraxmedov: Shaxsan Koreyani xurmat qilaman,
-Qosimov: ..................(u'sha gapda yana)
CR7Bek
xD O'zbekiston Futbol Federatsiyasiga xat!
"- Iltimos, meni xam O'zbekiston milliy terma jamoasiga olinglar. Baribir men ham oynashni bilmiman". Eshmat aka. 42 yosh.
CR7Bek
xD Futbolchilar - xakam sotilganini, darvozalariga ikki marta penalti belgilab, uchinchisini o'zi tepishga urina boshlagandagina sezib qolishdi.
CR7Bek
# Saytimizda: 70(8/620)
# Bosh sahifa
© "Real Madrid" o'zbek fanatlari sayti! 2016-2018
Statok.netfixstat.ru