Ronaldu "PSJ" ga ketadimi?
Zidan: Muxlislarimiz biz bilan faxrlanib yurishiga harakat qilamiz
Zidan_Muxlislarimiz_biz_bilan_faxrlanib_yurishiga_harakat_qilamiz"Real Madrid" ustozi Zinedin Zidan "PSJ"Ga qarshi Chempionlar ligasi o'yin oldidan intervyu berib o'tdi.

O'yin haqida:


"Bizning bor e'tiborimiz ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida. Biz bilamiz, "PSJ"ga qarshi 180 daqiqalik jang kutmoqda, ammo biz ko'proq ertanggi uchrashuv haqida o'ylayapmiz. Jamoalarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati teng. Biz o'z muhlislarimiz bizdan faxrlanib yurishlarini xohlaymiz."

Taktika haqida:


"Ertaga siz hammasini o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz. Men uchun eng muhimi jamoaning o'yinga tayyorgarligi. Sxema muhim emas, muhimi futbolchilarni uchrashuvga yondashuvi. Hamma narsa taktikaga bog'liq emas."

Raqiblar haqida:


"Men uchun hech qanday farq yo'q. Men "Madrid" murabbiyiman. Xa, "Marsel"ning eng ashaddiy raqibi "PSJ" bo'ladi, lekin hozirda "Real"daman va bu haqida o'ylamayapman. Bizni asosiy raqibga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda."

Kelajagi haqida:

"Mening bor e'tiborim ertangi uchrashuvga qaratilgan. Men faqat o'yin haqida o'ylayapman. Har bir uchrashuv har bir mashg'ulot men uchun muhim. Mening kelajagim hozirda meni qiziqtirmayapdi."

Ronaldu va Neymar haqida:

"Shubxasiz, biz ikkalasini ham buyuk futbolchilar deb atay olamiz. Biroq ertaga "Real Madrid" - "PSJ" to'p suradi, Ronaldu yoki Neymar emas. Krishtianu - buyuk g'alabalarga erishgan futbolchi va 5 karra "Oltin to'p" sohibi. Men uni Neymar bilan tenglashtirmoqchi emasman."

Zahira haqida:

"Men o'zgarishlarni o'yin yakuniga asrab qo'yaman. Aksariyat xollarda hujum vakillarini o'zgartiraman. Men allaqachon, Beyl, Isko va Benzemalarni o'zgartirib borayapman."
Telegramda bizga qo`shiling
Fikrlar
Mehmon 14.02.2018 / 12:34#2.  
CR7Bek,
Javob berish
Zidan ham imkoniyat 50)50 deyayabdi, ammo yutishni istayotgani bilinibdi
Javob berish
Umumiy: 2
# Saytimizda: 76(9/670)
# Bosh sahifa
© "Real Madrid" o'zbek fanatlari sayti! 2016-2018
Statok.netfixstat.ru