Ronaldu "PSJ" ga ketadimi?
Cтатьи | MarcoAsensio_2001
TOP 3 yohud . . .
TOP 3 yohud jahon futbolidagi eng sovrindor murabbiylar.

Futbolda so’nggi yillarda sevimli jamoamiz bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida ko’p gapirishdi. Uning yosh bo’lishiga qaramay shuncha yutuqqa erisha yotgani doimo maqtaldi. Shu sabab men futbol tarixidagi eng sovrindor murabbiylar haqida to’xtalib o’tmoqchiman.

1. Aleks Fergyuson – 48 ta sovrin

Rasmni yoqing

Shotlandiyalik daho mutaxassis haqiqiy futbol afsonasi hisoblanadi. U “Manchester Yunayted”ga kelmasdan qadrdon yurtida “Aberdin” ustozi sifatida “eski firma” vakillari sanaladigan “Seltik” bilan “Reynjers” klublarining gegemonligiga chek qo’yib, keng jamoatchilik e’tiboriga tushgan edi. “Aberdin” o’shanda uch marta Shotlandiya chempionati va to’rt bora milliy Kubokni yutishdan tashqari xalqaro maydonda Kubok egalari Kubogi(hozirgi YL)ga ega chiqib, barchani hayratga sola olgan. Ser Aleksning “MYU”da amalga oshirgan ishlari xususida batafsil to’xtalib o’tishga hojat ham bo’lmasa kerak.

2. Jok Steyn – 26 ta sovrin

Rasmni yoqing

Ehtimol, bundan keyin ham ChLning bosh sovrinini britaniyalik murabbiylar yutishi mumkindir. Lekin Jok Steynning tarixiy tarixiy natijasi baribir daxlsizligicha qolaveradi. Nega deganda, aynan u britaniyalik mutaxasislar orasida birinchi bo’lib Yevropa Chemipionlar Kubogiga ega chiqqan. Uning boshqaruvidagi “Seltik” esa Buyuk Britaniyadagi klublar orasida ilk marta shunday nufuzli sovrinnni qo’lga kiritgan. Jok Steyn “Seltika”ga 13 yil ustozlik qilib, shu vaqt oralig’I dasovrin va unvonlarni qalashtirib tashlash bilan birga shotlandlar orasida iqtidorli murabbiylar yetishib chiqishini barchaga isbotlab bergan.

3. Valeriy Lobanovskiy – 25 ta sovrin

Rasmni yoqing

Lobanovskiy haqida gap ketganda, hammaning ko’z o’ngida birinchi bo’lib Kiyev “Dinamo”si gavdalanadi. Darhaqiqat, shunday. Aynan uning boshchiligida “Dinamo” avvaliga sobiq Ittifoq, keyinchalik mustqail Ukraina chempionatida qo’lga kiritish mumkin bo’lgan sovrin va unvonlarga ega chiqqan. Asosiysi, kiyevliklar jamoasi sobiq Ittifoq davrida birinchi bo’lib xalqaro maydonda zafar quchgan. Valeriy Lobanovskiyning drujinasi 1975-yili Kubok egalari Kubogini qo’lga kiritib, barchani lol qoldirgan. Keyinchalikklub Yevropa Superkubogi uchun “Bavariya”ga qarshi o’yinlarni(1:0; 2:0) ham o’z foydasiga hal qilib, Yevropa sahnasidagi yutug’I tasodifiy emasligini isbotlab bergandi. Shu bilan birga klub 1986-yil ham aynan shu turnirda yana bir marta shoxsupaga ko’tarilgan.
Ushbu maqolaning bonusi sifatida hozirda o’z faoliyatini olib borayotgan mutaxasislar orasida eng ko’p sovrin jamg’argan murabbiy haqida aytib o’tmoqchiman.

Bonus:

1. Joze Mourinyo – 23 ta sovrin

Rasmni yoqing

Oxirgi uchta yutuq Angliya Liga Kubogi va Superkubogi hamda YL chempionligiga qadar “Boshqacha murabbiy” uch yil ichida hech narsani qo’lga kirita olmagandi. Bu sovrinlar orqali u chanqog’ini biroz qondirdi. U chanqog’ini to’liq qondirishi uchun APL va ChL chempionligi zarur. Balkim u buni ushbu mavsumda uddalar …(Ba’zi manbalarda Jozening sovrinlari 26 ta deb ko’rsatiladi. Bunga sabab u Barselonada Lui van Galga yordam berayotgan kezlarda u uchta sovrinni qo’lga kiritgan)

Mana azizlar, eng “boy” murabbiylar bilan ham tanishib oldinglar. Zidan ham qachondir bularga yetib olar. Lekin ungacha hali ancha “qovun pishig’i” bor.

Hurmat bilan Fayozbek Muhammadkarimov!
Комментарии
Добавлениэ комментарий
  Fcb2018 [off] отв 14.01.2018 / 00:38
 Jen telmen
Xa xali bor an4a Birin4i bosayam Barca murabiyidan keyin
  Isco_Alarcon [off] отв 25.09.2017 / 15:13
 RMA.UZ HAQIQIY O'ZBEK FANATLARI SAYTI !!!
zidanchi
Всего: 2

MarcoAsensio_2001
Категории

# Saytimizda: 72(8/640)
# Bosh sahifa
© "Real Madrid" o'zbek fanatlari sayti! 2016-2018
Statok.netfixstat.ru