Ramos jarohat oldi
Cтатьи | CR7
"Real" - "MYu" Statistika
Bugun Makedoniya poytaxti - Skopyedagi «Filipp II Makedonskiy» stadionida UYEFA superkubogi-2017 taqdiri hal etiladi.

Hisob bo‘yicha 42-«superbahs»da CHL g‘olibi «Real» YELda zafar quchgan «MYU»ga qarshi maydonga tushadi. UYEFA superkubogi «ko‘hna qit’a»da futbol mavsumini rasman ochib berishi bilan ahamiyatlidir.

- Hozirgacha 24ta jamoa qit’a superkubogi sohibiga aylangan. Bu borada sovrinni 5 martadan qo‘lga kiritgan «Milan» va «Barselona» klublari rekordchidir.

- Superkubok o‘yini 1972 yili yo‘lga qo‘yilgan. 2ta turnir g‘olibi o‘rtasida alohida sovrin uchun o‘yin o‘tkazish g‘oyasi Gollandiyaning De Telegraaf gazetasi muxbiri Anton Vitkampga tegishli.

U keyinchalik gazetaning sport bo‘limi muharriri sifatida ishlagan. O‘sha payt Gollandiya futboli saviyasi baland edi va Vitkamp mamlakat klublari kuchini Yevropa miqyosida aniqlashni maqsad qilgandi. Xususan, «Ayaks» va uning yetakchisi Yoxan Kroyffning qit’ada o‘zgacha porlashini ko‘rmoqchi bo‘lgan.

- O‘sha davr «Feyenoord» va «Ayaks» jamoalari Yevropa Chempionlar kubogi finaliga 4 marta chiqib, ulardan 3tasida nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgandi. Xullas, ilk superkubok o‘yinlarida YECHK va Kubok egalari kubogi g‘oliblari o‘zaro hisob-kitob qilishgan.

- Birinchi superkubok o‘yini 1972 yili De Telegraaf homiyligi ostida o‘tkazilgan. Biroq UYEFA uni tan olmaydi. Chunki Kubok egalari kubogi sohibi - «Reynjers» muxlislari xatti-harakati tufayli tashkilot tomonidan diskvalifikasiya qilingandi. Ammo 100 yillik yubileyini nishonlayotgan Shotlandiya klubi «Ayaks» bilan o‘ynashga rozi bo‘ladi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 6:3 hisobida yutqazadi.

- 1973 yili superkubok o‘yini rasmiy maqomga ega bo‘ldi va «Milan» Chempionlar kubogida yana g‘alaba qozongan «Ayaks»bilan to‘qnash keldi. Lekin bu haqda rasman xabar berilmadi. Birinchi o‘yinda 1:0 hisobida zafar quchgan «Milan» javob uchrashuvida javobsiz 6ta gol qo‘yib yubordi.

- 1974 yili «Bavariya» va «Magdeburg» vakillari o‘yin vaqti masalasida kelisholmadilar va superkubok egasiz qoldi.

- 1975 yildan e’tiboran o‘yin ma’lum vaqt barqarorlik kasb etdi. Biroq mavsum-1981ga kelib, «Liverpul» va Tbilisi «Dinamo»si ham o‘yin muddati bo‘yicha kelisholmay, uchrashuvni barbod qildi. 1984 yili esa taqvim tig‘izligi sabab, Superkubok taqdiriga Turindagi yagona o‘yin orqali oydinlik kiritildi. Ya’ni «Liverpul» klubi «Yuventus» maydoniga safar qildi.

- 1985 yili «Eyzel» voqeasidan so‘ng Angliya klublari yevrokuboklardan 5 yilga chetlatildi. Natijada YECHK g‘olibi - «Yuventus»ga raqib topilmadi. Chunki Kubok egalari kubogini Liverpulning yana bir klubi «Everton» o‘ziniki qilgandi.

- 1986 yili «Dinamo» (Kiyev) va «Styaua» klublari vakillari sira kelisholmadilar. Natijada Superkubok bahsini betaraf maydonda tashkillashga to‘g‘ri keldi - buning uchun Monakodagi «Lui II» stadioni tanlandi.

- 1991 yili «MYU» va «Srvena Zvezda» o‘rtasidagi javob bahsi Belgraddagi siyosiy notinchlik tufayli bekor qilindi.

- 1993 yili CHLning birinchi sohibi «Marsel» korrupsion mojaro tufayli xalqaro uchrashuvlardan chetlashtirildi. Jumladan, Superkubok bahsidan ham. Natijada Kubok egalari kubogi sohibi «Parma» superkubok uchun CHL finalchisi «Milan»ga qarshi maydonga tushdi.

- 1998 yili UYEFA superkubok uchrashuvini doimiy ravishda neytral stadionda o‘tkazishga qaror qildi. Shu tariqa «Lui II»superkubok bahsining uzoq yillik mezboniga aylandi.

- 1999 yili Kubok egalari kubogi bekor qilingach, superkubok uchun CHL va UYEFA kubogi sohiblari kurashadigan bo‘lishdi.

Hozirgi superkubok 2006 yili ilk bora «Sevilya»ga berilgan. Bunga qadar sovrin yevrokuboklar orasida eng kichigi hisoblanardi. Ya’ni avvalgi kubok uzunligi 42,5 santimetr va vazni atigi 5 kilogrammga teng edi.

Taqqoslash uchun aytsak, CHL kubogi 8 kilogramm bo‘lsa, YEL bosh sovrini yanada og‘ir - 15 kg. Zamonaviy superkubokka kelsak, uning «gavda»si chakki emas - 58 santimetr va 12,2 kilogramm.

Manba: interfutbol.uz
Комментарии
Добавлениэ комментарий
  Optimus [off] отв 08.02.2018 / 20:20
 Fanat.rma.
,
Всего: 1

CR7
Категории

# Saytimizda: 78(9/690)
# Bosh sahifa
© "Real Madrid" o'zbek fanatlari sayti! 2016-2018
Statok.netfixstat.ru