Messi Ronaldu haqida gapirdi
Cтатьи | CR7
Krishtianu va Lionel termada kim foydaliroq?
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z mamlakati termasidagi faoliyati davomida to‘purarlik salohiyatini namoyish etgan eng yaxshi goleadorlar o‘nligidan o‘rin egalladi. Xo‘sh, milliy jamoaga foyda keltirishi bo‘yicha portugaliyalik yulduz ustunmi yoki Lionel Messi? Soccer.ru quyidagi maqola orqali ushbu mavzudagi tortishuvlarga chek qo‘yishni maqsad qildi.
429805315_64331.jpg

Kimda o‘rtacha sermahsullik yuqori?

Termadagi gollar bo‘yicha solishtirish nisbatan osonroq, zero zamonamizning eng kuchli futbolchilari yoshlik chog‘lari milliy jamoada bir xil pozisiya - qanot yarim himoyasida to‘p surishgan. Hozirgi paytda esa ikkovlon erkinlikka ega - o‘zlari xohlagan nuqtada o‘ynashlari mumkin. O‘z navbatida, goleadorlik bo‘­yicha ham yuqori ko‘rsatkichga egalar.

Ronalduning yoshi kattaroq ekani, shu bois ko‘proq o‘yin o‘tkazganini inobatga olsak, umumiy natijalar emas, balki bir uchrashuvda urilgan o‘rtacha gollar miqdorini hisoblash adolatdan bo‘ladi. Portugaliyalik yulduzning hisobidagi 71ta gol uni Klozega yaqinlashtirib, termalar to‘purarlari o‘nligiga kirishiga zamin yaratdi.

Messi esa hozircha termadagi raqiblari darvozasini «atigi» 58 marta ishg‘ol qilgan va zaxirasida hali vaqt yetarli. Tabiiyki, har ikki futbolchi o‘z milliy jamoalarida to‘p kiritish bobida rekordchi hisoblanishadi. Ammo Lionelning jamg‘armasida 70ta gol yo‘q, bunday sharafli marraga esa jahonning 14 futbolchisi yetib borgan, xolos.

Ronaldu esa shunday ko‘rsatkich bilan maqtana oladi, binobarin, u argentinalik hamkasbidan 21ta ko‘p o‘yin o‘tkazgan. O‘z navbatida, o‘rtoqlik bahslarini nazardan chetda qoldirish ham adolat mezoniga to‘liq mos tushadi. Chunki bunday uchrashuvlarda urilgan gollar turnir nuqtai nazaridan hech qanday qiymatga ega bo‘lmaydi.

Rasmiy o‘yinlar bo‘yicha esa hisob 56:31, Krishtianu foydasiga. Messi tomonidan kiritilgan to‘plarning yarmi o‘rtoqlik uchrashuvlariga to‘g‘ri keladi. Ronalduda esa bunday gollar 20 foizni tashkil qiladi, aftidan, uning behuda gollarga ishtiyoqi yo‘q.

Raqamli xulosa: Ronalduning g‘alabasi. Garchi umumiy hisobda deyarli tenglik kuzatilsada (bir o‘yinda urilgan gollar soni: 0,514ga 0,496), rasmiy uchrashuvlar bo‘yicha Krishtianudagi samaradorlik yuqori (0,595ga 0,407).

Kim muhim bahslarni ko‘proq boy bergan?

Ronaldu uchun termadagi start portugaliyaliklar Yevro-2004ga mezbonlik qilgan davrga to‘g‘ri kelib, o‘shanda «Real» hujumchisi Gresiya termasidan ikki marta alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Rossiyaliklarning 7:1 hisobida taslim etilishi ham ko‘pchilikning yodida. Portugallar JCH-2006 yarim finalida Fransiya, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Germaniya termasiga yengilishdi. Shuningdek, Yevro-2008da olmonlardan, jahon chempionatida ispanlardan mag‘lubiyat qabul qilib olindi.

So‘ngra saralashda daniyaliklarga imkoniyat boy berildi. Yevro-2012da yana o‘sha «nemis mashinasi» ustun keldi, keyinroq esa penaltilar bo‘yicha ispanlarga yutqazishdi. Darvoqe, Rossiya termasining saralashda Ronaldu yetakchiligidagi jamoani mag‘lubiyatga uchratib, ularni «pley-off»da shvedlarga ro‘baro‘ qilganini ham unutmaylik.

Va albatta, Germaniya milliy jamoasining portugallar ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongani ham yodda qolgan. Demak, jami 11ta muhim o‘yin Krishtianu uchun omadsiz tarzda yakunlangan.

Messining hisobidagi mag‘lubiyatlar esa nisbatan ko‘proq. Uning termasi qatnashadigan saralashda kuchli beshlikdan chiqib ketmaslik talab etiladi, u yerda yutqazmaslik juda qiyin. Lionel yetakchiligida argentinaliklar Amerika kubogida Paragvay, Urugvay, Braziliya jamoalariga imkoniyatni boy berishgan. So‘ngra Kolumbiya, Chili, Boliviya, Ekvador hamda yana bir bor Braziliya va Paragvayga yutqazishdi.

Keyinchalik mundialda Germaniya termasi ustunroq keldi - 0:4. Boshqa safar Urugvay penaltilar bo‘yicha g‘alabani ilib ketdi, Venesuela Argentina termasini ochkosiz qoldirdi. JCH-2014 finalida yana «nemis mashinasi» 1:0 hisobida zafar quchdi.

Ushbu ro‘yxatga Amerika kubogining ikkita finalida Chili va o‘tgan yili braziliyaliklar.
dan qabul qilib olingan bitta yirik hisobdagi mag‘lubiyatni ham qo‘shamiz. Jami - 16ta. O‘z navbatida, Lionelda 76ta, Krishtianuda esa 94ta rasmiy o‘yin bor. Boy berilgan finallar bo‘yicha ham Messi «oldinda».

Raqamli xulosa: Ronalduning g‘alabasi. Muhim o‘yinlarning boy berilishi bo‘yichahisob11ga 16, Krishtianu foydasiga. Foiz hisobida ham xuddi shunday ko‘rinishga guvoh bo‘lamiz. «Real» yulduzida rasmiy uchrashuvlardagi mag‘lubiyatlar 12 foizni, Messida esa 21 foizni tashkil etadi.


Grandlar darvozasiga kim ko‘proq gol urgan?

Yana rasmiy uchrashuvlarga murojaat etamiz, zero o‘rtoqlik bahslarida raqib kuchiga baho berish mushkul - o‘yinchi almashtirish holati ko‘p, eksperimental tarkiblar tanlanadi, motivasiya kam. Muhim uchrashuvlar haqida gap ketganda, Messining jamg‘armasida rasmiy o‘yinlarda Yevropa termalari darvozasiga yo‘llangan ikkita gol borligiga guvoh bo‘lamiz.

Gap Serbiya va Chernogoriya hamda Bosniya va Gersegovina jamoalariga borib taqaladi. E’tiborlisi, Leo ikkita nomli jamoalar kiperlarini ranjitgan. Shuning­dek, «Barsa» yulduzining hisobida Panamaga qarshi bahsda qayd etilgan bitta «xet-trik» ham bor. Argentinalik goleador Urugvay termasi darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan, Braziliya milliy jamoasiga esa hali gol urolmagan.

Ronaldu ilk «dubl»ini rossiyaliklarga qarshi bahsda nishonlagan bo‘lsa, shvedlar bilan o‘tkazilgan ikkita o‘yinda to‘rtta to‘p kiritgan. Gollandiya, Belgiya termalarini ranjitgan, Armaniston, Shimoliy Irlandiya hamda Shvesiya jamoalari bilan uchrashuvlarda «xet-trik» qayd etgan. To‘rtta gol urish esa faqat Andorraga qarshi kechgan bahsda nasib etgan, ushbu voqea o‘tgan yili sodir bo‘lgandi.

O‘z navbatida, Ronalduning Germaniya (4ta o‘yinda), Ispaniya (3ta o‘yinda) hamda Braziliya (1ta o‘yinda) termalari darvozasiga yo‘l topolmaganini qo‘shimcha qilish darkor. Ko‘rib turganingizdek, Krishtianuning hisobidagi gollarning aksariyati saralash bahslarida kuchsiz va o‘rtamiyona jamoalar darvozasiga urilgan. Umuman olganda esa, Ronaldu va Messining kuchli raqiblarga qarshi bahslarda to‘purarlik salohiyatlarini namoyish eta olmayotganliklarini sezish qiyin emas.

Raqamli xulosa: qanchalik g‘alati eshitilmasin, hisob durang - 0:0. Messi va Ronaldu elit darajadagi jamoalar darvozasiga yo‘l topolmasliklaridan, albatta, uyalishlari aniq.

Kimning goli milliy jamoa uchun muhimroq?.


Samarasiz gollar (masalan, 4:0 hisobi qayd etilgan o‘yinda kiritilgan uchinchi to‘p) hisoblanmasa, Messining jamg‘armasida Venesuela, Bosniya va Gersegovina, Eron, Nigeriya, Urugvay (2 marta), Kolumbiya hamda Chili termalari darvozasiga urilgan g‘alaba gollari mavjud. Jami 8ta yutuq. Bundan tashqari, Leo kiritgan to‘plar Kolumbiya va Paragvayga qarshi kechgan bahslarda argentinaliklarga durang taqdim etgan.

Boshqacha aytganda, Messi ishtirokidagi rasmiy uchrashuvlarning 13 foizi Argentina termasiga foyda keltirgan. Shu o‘rinda yana bir raqamga e’tiboringizni qaratmoqchimiz - Lionel saralash va final bosqichlarida 24ta samarali uzatma muallifiga aylangan. Umuman olganda, yomon emas.

Ronalduning holati qanday? Agar uning nomiga aeroport ochib, futbolchining o‘ziga yoqmagan byust tayyorlashganini inobatga olmasak, Krishtianuda ham maqtashga arzigulik natija bor. Portugaliyalik yulduzning sa’y-harakatlari evaziga Latviya, Estoniya (2 marta), Gana, Shimoliy Irlandiya, Shvesiya (2 marta), Andorra va Chexiya (2 marta) mag‘lubiyatga uchratilgan.

Ushbu ro‘yxatga Ozarbayjon, Gollandiya, Kipr, Bosniya va Gersegovina, Uels, Daniya, Armaniston (2 marta) jamoalarini ham qo‘shamiz. Shuningdek, Polsha, Vengriya va Armaniston termalariga qarshi bahsda Ronaldu portugallarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifiga aylangan. Umumiy hisobda 18ta g‘alaba, ulardan 3tasi jahon miqyosida qo‘lga kiritilgan. Boshqacha aytganda, rasmiy uchrashuvlarning 16 foizida samarali harakat qilgan.

Raqamli xulosa: Ronalduning g‘alabasi. Urilgan gollar hisob emas, natijaga ta’sir o‘tkazgan vaziyatlar bo‘yicha hisob 21ga 10 - portugaliyalik yulduz foydasiga. Mazkur holatda Krishtianuning ko‘proq o‘ynagani hech nimani o‘zgartirmaydi - Ronaldu ta’sir o‘tkazgan o‘yinlardagi samarali harakatlar va urilgan gollarning umumiy hisobi foiz bo‘yicha baribir yuqori.

Muxlislar fikri. Kim foydaliroq?

Raqamlar Messining asosan o‘rtoqlik uchrashuvlarida gol urgani, Yevropaning kuchli jamoalariga qarshi kechgan bahslarda kam ko‘rinish bergani, finallarda Argentina termasiga yordam berolmaganini namoyon etmoqda. Ronalduda ham shunga o‘xshash holatni kuzatish mumkin - Fransiyadagi finalda g‘alaba qozonilganda, u maydonni tark etib ulgurgandi.

Ammo Yevro-2016ning avvalgi bosqichlari hamda saralash turnirlarida ko‘pincha Portugaliya termasi joniga ora kirgan. Umuman, muhim bahslardagi mag‘lubiyatlar haqida gapirilsa, Messining omadsizroq ekani oydinlashadi.

G‘alaba va durang olib kelingan bahslar bo‘yicha Messi 26 ochko to‘plagan. Ronalduning esa bu boradagi ko‘rsatkich ancha yuqori - 57 ochko. O‘tkazilgan o‘yinlar o‘rtasidagi tafovutni inobatga olganda ham (Ronaldu 18ta ko‘proq uchrashuvda maydonga tushgan) Krishtianu foiz bo‘­yicha ustunlikka ega.

Garchi Messi JCH-2018 saralashida Argentina termasi foydasiga ishlayotgan bo‘lsada, umumiy hisobda nafaqat gollar soni, balki samaradorlik bo‘yicha ham portugaliyalik hamkasbiga imkoniyatni boy bermoqda.

Manba: interfutbol.uz
Комментарии
Добавлениэ комментарий
  CR7Bek (SV!) [on] отв 24.01.2018 / 15:17
 Bizdan salomlar bo'lsin
Ashraf99, ikkovi ham yutmagan)
  Ashraf99 [off] отв 23.01.2018 / 20:28
 Nodirjon
2 futbolchi foaliyati wuncaki ajoyib lekn bular jahon chempionatini yutsa gina zo'r deya olamiz deb o'yliyman
  gigandbarca [off] отв 25.12.2017 / 01:54
Roni degani Runi mi? Evertondagi
  gigandbarca [off] отв 25.12.2017 / 01:52
Qora qong'iz ham bolasini oppog'oyim deb chaqirar ekan
  @Hushаli@ [off] отв 16.12.2017 / 19:08
 Реал н1.
Рони н1.
  CR7 [off] отв 22.09.2017 / 13:09
Ronaldu N1
  Мадридист [off] отв 25.08.2017 / 15:42
 Real Madrid
  NuKa_CR7 [off] отв 21.08.2017 / 13:41
Baribir CR7 NUMBER ONE
  RealMadrid [off] отв 20.08.2017 / 16:29
1234567. Natiyjalar kim kimga yetishiga hali borligini ko'rsatayabdi!!!
  1234567 [off] отв 18.08.2017 / 13:06
Barbir ranaldo Messiga etishiga ancha bor yoshi ham bir joyga borib qoldi qarivoti
Всего: 13

CR7
Категории

# Saytimizda: 87(9/780)
# Bosh sahifa
© "Real Madrid" o'zbek fanatlari sayti! 2016-2018
Statok.netfixstat.ru