Ramos jarohat oldi
Cтатьи | Umid-shox
Ichimizdagi gaplar va yana o'sha mavzu
Orzu, umid va ishonch! O'zbek futbolida bularning faqat ikkitasi mavjud, orzu va umid! Biz O'zbek futboli muxlislari orzu qilaveramiz, u amalga oshishi juda ham qiyin bo'lsada, biz O'zbek futboli muxlislari terma jamoamiz o'yinlarini endi ko'rmayman deymizu lekin so'ngi o'yinlarga qadar umid qilib o'yinlarni tomosha qilamiz. Lekin, ammo, biroq bizda ishonch zarracha ham yo'q. Biz terma jamoamizga ishonmaymiz, nega? Savolga javob berib tilimiz kuyib qolmasin tag'in. Biz xaqlimiz terma jamoa haqida har qanday ta'rif berishga, biz xaqlimiz terma jamoadan har qanday narsani talab qilishga, biz xaqlimiz, chunki biz muxlismiz!

So'ngi paytlarda O'zbekiston terma jamoasi o'yinlari tomosha qilgan muxlislarga "O'yin qanday bo'ldi?" deb savol berib ko'rdik naqd 5 kishiga va ularning ikkitasidan javob oldik. Birinchisi hazilomus, "Bu o'yinni ko'rgandan avtobusda o'zimdan kattalarga joy berganim yaxshi" deb javob bersa, ikkinchisi "Xayr JCH, yo'qol Babayan" deb javob berdi. Qolgan uch kishidan ham javob kelgan lekin ularni maqolamizga kiritishni lozim topmadik!

Endi muddaoga o'tsak, nima bizning futbol endi futbol emas qandaydir bir "spektakl" yoki "latifa"ga aylanib qoldimi? Biz endi o'yinlardan so'ng har xil anekdotlar o'ylab topamizmi? Ha! Boshqa iloj yo'q, so'kinishdan foyda bo'lmagandan keyin anekdot yozamizda. Biz muxlislar bamisoli "qafasdagi qush"miz, qafas egasi esa terma jamoamiz. Terma jamoamiz qachon Jahon Chempionati de'ya atalmish, butun O'zbekistonga armon bo'lib qolayotgan turnir ishtirokchisiga aylansagina bizni ozod qilishadi. O'sha kunlar qachon kelarkin? Hali ko'p kutsak kerak, agar terma jamoamiz shu zayilda o'yin olib borishsa, o'sha hamma bilgan tarkib va taktika ostida maydonga tushaversa, murabbiyni "cho'ntagi to'lib qolib bosar tutarini bilmay" qolaversa bizning orzularimiz hali juda ham ko'p yillar davomida armon bo'lib qolaveradi.

Muxlis fikri ahamiyati

Muxlis ahamiyati? Biz muxlislar ahamiyatga ega emasmiz, agar ahamiyatga ega bo'lganimizda terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan noyabr oyida istefoga chiqardi, agar muxlis fikri, muxlis talabi amalga oshganida terma jamoamiz faqat "Bunyodkor", "Lokomativ" va "Paxtakor" klublaridan emas boshqa jamoalardan ham futbolchilar olinardi, iste'dodlar kashf qilinardi. Agar muxlis fikri inobatga olinganida biz allaqachon Jahon Chempionatida ishtirok etardik. Bu bor gap. Chunki qayoqdagi bir muxlis ham terma jamoa bosh murabbiyidan yaxshiroq tarkib va taktika tuza oladi. Terma jamoamizda har xillik emas bir xillik hukm suradi har doim. Bitta golga o'ynashadi, xuddi ikkita gol urib qo'yishsa bir nima bo'lib qoladiganday. Yana nimamush "JCHga chiqish imkoniyatlarimiz saqlanib qoldi"? Bu gap kimga tegishli ekanini juda yaxshi bilasiz, uni ismini yozgim ham kelmadi. Bugun ichimizdagi barcha-barchasini bayon etamiz!

"Xayr JCH? Yo'qol Babayan!"

Bu haqiqatdan ham rost gap, Babayanning termadagi yurishi tugadi, buni hamma sezib turubdi. Eron bilan bo'lgan o'yindagi tarkib barchamizni hayron qoldirgani tabiiy. Tarkibda kimsan Stanislav Andreyev paydo bo'ldi va 2 daqiqa ichida maydonni tark etdi, qoyil, "super"! Lobanov xursand bo'lsa arziydi, u osmonlarda uchsa arziydi. Sababi, kimsan "Bavariya", kimsan Noyer darvozasiga gol urgan Sardor Azmun Lobanovning oyoqlari orasidan gol urdi, bu Labanov uchun katta sharaf! Exx, spektakl, muxlislar futbolni spektaklga aylantirishmoqda, bunga ko'makchi albatta futbolchilar bo'lmoqda!

Muxlislar fikri

Eron bilan o'yin yakunlangandan so'ng ko'pchilik muxlislar "tillarini tiyishdi". Nega, sababi hozir Ramazon oyi. Agar, Ramazon oyi bo'lmaganda ular ham ancha muncha "shirin" so'zlarini terma jamoamizdan ayamagan bo'lardi. O'ylab qoldim, balki Davron Kabulov gapirgan gaplarda jon bordur, yo'q jon bor emas uning barcha gaplari "tirik". U haqiqatni gapirdi, uning barcha gaplari haqiqat! Murabbiydan tortib Lobanov haqida bildirgan fikrlari barchasi haqiqat.

Talab


Biz termamizdan ko'p narsa talab qilmayapmiz. Rio-2016 olimpiadasi g'olibi Ruslan Nuriddinov aytib o'tdi, "eng ko'p maoshni aynan futbolchilar oladi" deb, ha bu haqiqatku, nega unda shunga yarasha natija yo'q? Nega biz hali hamon Osiyodan tashqariga chiqa olmayapmiz? Hayriyatki, bizda imkoniyat saqlanib qoldi, "Qatar" "Janubiy Koreya"ni yutib berdi, aynan terma jamoamiz baxtiga! Biz talab qilib qolgan bo'lar edik, faqat o'sha yuqorida ta'kidlab o'tilgan 3 ta jamoadan emas, Oliy Ligadagi qolgan 13 ta jamoadan ham futbolchilar olib kelinishini va iste'dodlar kashf qilinishini. O'zbekiston iste'dodlar yurti, chekka-chekka shaharu-qishloqlarda balki "kichik Ronaldular" "yangi futbol qirollari" yashayotgandur, ularda shu "lanati" futbol o'ynash uchun mablag' yo'qdur, ular kashf qilish shart!

Biz baribir muxlismiz, termamiz uchun yonamiz-kuyamiz, jahl qilamiz o'yinlarni tomosha qilaveramiz. Chunki biz O'zbekmiz. O'sha biz muxlislik qiladigan "Real Madrid" yutqazsa biz bir nechta o'yinlarni ko'rmasligimiz mumkin, lekin terma jamoamiz xoh yutsin, xoh yutqazsin biz ularni qo'llab-quvvatlashda davom etaveramiz!

Umid-shox
Комментарии
Добавлениэ комментарий
  Fcb2018 [off] отв 14.01.2018 / 00:30
 Jen telmen
Xa wu gaplarga quwilaman qoyil Lekin manga bir nima yoqmidi u xam bora maxmadonlik
  Мадридист [off] отв 28.08.2017 / 16:25
 Real Madrid
Men ham yaxshi futbol oynayman)
  666666 [off]  26.08.2017 / 22:36
BU FIKRLAR 10000000000% TO'G'RI BIZI FUTBOLNI AVVALO KORUPSIYADAN KEYIN SAVIYASIZ MURABIYU FUTBOL4ILARDAN TOZALAW KERAK AXIR AYTIWADIKU CHUMCHUQ SO'YSA QASSOB SO'YSIN DEP
  CR7 (SV!) [on] отв 18.08.2017 / 14:59
 Bizdan salomlar bo'lsin
rom7703,
Qo'shilaman
  rom7703 [off] отв 18.08.2017 / 13:32
Termani tubdan yangilash lozim va 2022 ga tayorgarlikni boshlash kerak
  Pinokkiyo (Smd) [off] отв 15.07.2017 / 14:23
 #Victory or nothing!!!#
Balki terma jamoaga chetdan murabbiy olib kelish kerak
  Pinokkiyo (Smd) [off] отв 15.07.2017 / 14:22
 #Victory or nothing!!!#
Balki terma jamoaga chetdan murabbiy olib kelish kerak
  adminbek [on] отв 15.06.2017 / 16:50
 Shunchaki sho'xlik
Barakkalla,
Всего: 8

Umid-shox
Категории

# Saytimizda: 83(9/740)
# Bosh sahifa
© "Real Madrid" o'zbek fanatlari sayti! 2016-2018
Statok.netfixstat.ru