Messi Ronaldu haqida gapirdi
Cтатьи | MarcoAsensio_2001
Uch og’a-ini botirlar
Uch og’a-ini botirlar

Barchaga salom! Anchada beri blog ishlamayotgan edi. Bundan avvalo sizlardan uzur so’raymiz. Xullas, bu safargi maqolamni boshlay qolay.

Yoshligimizda barchamiz “Uch og’a-ini botirlar” ertagini eshitganmiz. Men ushbu ertakdagi aka-ukalarning bir-biriga bog’liqligiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Sevimli jamoamiz oxirgi paytlarda omadsiz o’yinlar namoyish etayotgani barchaga ma’lum, albatta, oxirgi o’yinni inobatga olmaymiz. Men ushbu maqolamda jamoamizning omadsizligining 3 sababini sanayman. Realning omadsizligi barchaga ma’lum va mashhur bo’lib ulgurganligi sabab ushbu blogni raslarsiz e’tiboringizga havola qilaman.

“To’ng’ich botir.” Transfer siyosati.
Oxirgi paytlarda Realning omadsizligiga asosiy sabab aynan transferlar aytilmoqda. Albatta, Xames, Morata, Pepe va Koentraoning jamoamizni tark etayotganini barcha eslaydi. Ko’pchilik buni xato ekanligi o’sha paytdayoq aytgan. Lekin ba’zilar Zidanni fikrini to’g’ri deyishgandi. Ammo yakunda Mayoral, Sebalyos, Valyexo va Teoning jamoaga kelishi kutilgan darajada foyda olib kelmadi. Realning ikkinchi tarkibi deyarli bo’shab qoldi. Bu “o’rtancha botir” ya’ni charchoqni olib kelmoqda.

“O’rtancha botir.” Charchoq.
Real deyarli bitta tarkibga ega bo’lgandan so’ng ZiZu o’zining sevimli ishi rotatsiyani kamroq qiladi. Realning taqvimi zich ekanini barcha yaxshi biladi. Klublar o’rtasidagi jahon chempionatida ham Osiyoning jamoasini charchoq sababli kichik hisobda mag’lub ettik. Albatta, buni hatto Sardor Rashidov ham kutmagandi. Lekin u hali hammasi emas. Yilning oxirida avgust oyida ikki bora “kuragini yerga tekkiza” olgan azaliy raqibimiz bizni tor-mor keltirdi. Buni barchamiz eslaymiz. Jamoamiz to’liq kuch bilan o’ynay olmayotganligi sababli jamoaga qandaydir kombinatsiyalar yoki o’zgacha taktikalar kerak edi. Ammo…

“Kenja botir.” Yangiliklar.
Jamoada Xames yoki Morata bor paytda ular zahiradan maydonga tushib, qandaydur kutilmagan narsa o’ylab topardi. Jamoa shuning evaziga o’tgan mavsumda ko’plab o’yinlarda so’nggi daqiqalarda g’alabani nishonlagan edi. Albatta, Ramostime ni ham unutmaslik kerak. Lekin Ramos har doim ham ishlayvermagan. Bundan tashqari, ular borligida jamoada raqobat ham bore di. Barcha asosiy tarkibda o’ynashni va bunga loyiq ekanini isbotlash uchun doimo yangi g’oyalar yaratar va kutilmagan ishlarni amalga oshirar edi. Mayoral yoki Sebalyos bunday qilgani hamon qo’rqayapti shekilli.

Mayli, nima bo’lgan taqdirda ham biz muxlismiz. Doimo jamoamizni qo’llab-quvvatlaymiz. Beyl aytganidek:”Real mayda qadamlar bilan qaytmoqda!”. Shunday ekan, umid bilan kutamiz. Balki LaLigani boy bergandirmiz, biroq Chempionlar Ligasi va Ispaniya kubogi bizni kutmoqda! Olg’a Real! Hala Madrid!
Комментарии
Добавлениэ комментарий
  CR7Bek (SV!) [on] отв 24.01.2018 / 11:21
 Bizdan salomlar bo'lsin
Juda yaxshi, nomidan BBC mikan den hayol qilgandim, lekin... maqola yaxshi rasmlar bilan boyitish kerak edi.
  MarcoAsensio_2001 (Smd) [off] отв 24.01.2018 / 07:47
 #Victory or nothing!!!#
Mana blog ham mayda qadamlar bilan qaytmoqda!
Всего: 2

MarcoAsensio_2001
Категории

# Saytimizda: 81(8/730)
# Bosh sahifa
© "Real Madrid" o'zbek fanatlari sayti! 2016-2018
Statok.netfixstat.ru